Nega sizga nisbatan tuhmatlar to‘xtamayapti? | Shayx Sodiq Samarqandiy

Описание к видео Nega sizga nisbatan tuhmatlar to‘xtamayapti? | Shayx Sodiq Samarqandiy

Savol: Ustoz, bugungi savolim biroz sizni ranjitishi mumkin. Buning uchun sizdan oldindan uzr so‘rayman. Siz haqingizda juda ham ko‘p yomon gaplar eshitamiz. Internetda o‘zimizning domlalarimiz sizga ergashmaslikka chaqiradilar. Men bundan hayron qolaman. Men sizni yomon inson deb o‘ylamayman. Allohni tanigan, qiyomatga iymon keltirgan insondan yomonlik chiqadi, deb o‘ylamayman. Ko‘nglimning tub-tubidagi shubha-gumonlarga nuqta qo‘ymoqchiman, shuning uchun yozyapman. Iltimos, paypoqqa mash tortishga bog‘liq savolga aniqroq javob bersangiz. Ko‘p domlalar shu savol-javobdan so‘ng sizga nisbatan raddiyalar bera boshladi. Mahalla qo‘mitasiga borgan edim. Jinoyatchilar orasida sizni ko‘rib muzlab qoldim. Nima uchun? Iltimos, o‘zingizga oid salbiy izohlarga ozgina bo‘lsa ham javob bersangiz. Mazhabingiz nima? Dinda mazhabga ergashish qanchalik ahamiyatli? Barcha mazhablar ham Alloh yo‘lida yurishga, yaxshilikka boshlamaydimi?!

Комментарии

Информация по комментариям в разработке